Xitoy “CentiSpace-2” yo‘ldoshlarini uchirdi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Sariq dengiz akvatoriyasidagi (Shandun provinsiyasi, Sharqiy Xitoy) Xayyan kosmodromidan “CentiSpace-2” sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga chiqardi. Bu haqda Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi (CASC) xabar qildi.

Korporatsiyaning WeChat sahifasida aniqlik kiritilishicha, parvoz “Jielong-3” (yoki “Smart Dragon-3”) raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshirilgan. Parvoz joriy yilning 22 mart kuni Pekin vaqti bilan soat 23:49 da bo‘lib o‘tgan.

“CentiSpace” koinot apparatlari past yer orbitasidan global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimlariga qo‘shimcha signallar uzatish xizmatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

“Jielong-3” raketasi CASC’ning Birinchi ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu to‘rt bosqichli qattiq yonilg‘ida ishlovchi raketaning uzunligi 31 metrni, bosh qismining diametri esa 3,35 metrni tashkil qiladi. U 500 km balandlikdagi orbitaga 1,5 tonnagacha foydali yukni yetkazib berish imkoniyatiga ega. 2022 yil dekabr oyidan beri qo‘llanilayotgan ushbu turdagi tashuvchilar 10 ta missiyani bajardi (2026 yilning o‘zida allaqachon ikkita parvoz amalga oshirildi).

Ma’lumot uchun, Pekin meteorologik, telekommunikatsiya va navigatsiya yo‘ldoshlarini, shuningdek, Oyni tadqiq qilish texnologiyalarini yaratish orqali milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda. Davlat qo‘llovi bilan xitoylik mutaxassislar asteroidlar va Marsni o‘rganish imkoniyatlari ustida ishlamoqda. Yer orbitasida Xitoyning xalqaro hamkorlik uchun ham mo‘ljallangan koinot stansiyasi faoliyat yuritmoqda. 2025 yilda Xitoy 92 ta uchirishni amalga oshirib, o‘z rekordini yangilagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) Marsni o‘rganish uchun u yerga “Ingenuity” tipidagi robotlashtirilgan vertolyotlarni yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ilmiy-tadqiqot yo'ldoshlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing