Xitoy Belarus suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi – Si Szinpin
3-sahifa
−
13:09 1136 2 daqiqa
Xitoy raisi Si Szinpin bugun, 29 iyun kuni Pekinda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Pekin Minskning milliy suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, Si Szinpin ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan.
“Xitoy va Belarus strategik muloqotni saqlab qolishi, ikki tomonlama munosabatlarni yuqori darajada izchil rivojlantirishi va bu orqali har ikki mamlakat xalqlari manfaatiga xizmat qilishi lozim”, degan Xitoy rahbari.
Si, shuningdek, Xitoy o‘z imkoniyatlari doirasida Belarusning taraqqiyoti va qurilish ishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini bildirgan. Belarus rezidenti matbuot xizmatiga tegishli “Pul Pervogo” Telegram-kanali esa Xitoy va Belarus Respublikasi munosabatlari “tarixiy eng yuqori daraja”ga yetganini qayd etgan.
Lukashenko esa bu fikrga qo‘shilib, ikki davlat hamkorligi avvaldan rejalashtirilgan yo‘nalishda rivojlanayotganini bildirgan.
“Bu aynan siz bilan avval muhokama qilgan masalamiz edi. Balki ma’lum ma’noda Belarus va Xitoy o‘rtasidagi ushbu keng qamrovli hamkorlik arafasida orzu qilganimiz ham shu bo‘lgan”, degan Belarus fuqarosi.
Ma’lumot uchun, Lukashenkoning Xitoyga tashrifi o‘tgan hafta Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralaridan keyin amalga oshdi. Uchrashuv Belarus va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq Raisi Si Szinpin Koreya Xalq Demokratik Respublikasining poytaxti Pxenyanga davlat tashrifi bilan borgan edi.
Live
Barchasi