Xitoy armiyasining 45 ta samolyoti Tayvan havo hududiga kirgani aytildi

Olam

image

Tayvan harbiylari bir sutkada Xitoy armiyasining 45 ta samolyoti va to‘qqizta kemasi orolga yaqinlashayotganini qayd etdi. Bu haqda Tayvan Mudofaa vazirligi X'da ma’lum qildi.

Ulardan 27 tasi Tayvan bo‘g‘ozini “o‘rta chiziq” deb ataluvchi yo‘nalishda kesib o‘tib, Tayvan havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasiga kirgan.

Bular SU-30 qiruvchi samolyotlari, Y-9 transport samolyotlari, Z-9 ko‘p maqsadli vertolyotlari, J-10 va J-11 qiruvchi samolyotlari ekani keltirilgan.

“20 avgust kuni soat 06:00 ga kelib, Tayvan atrofida Xitoy armiyasining 45 ta samolyoti va 9 ta kemasi qayd etildi”, deyiladi Tayvan Mudofaa vazirligi bayonotida.

Yaqinlashuvga javoban Tayvan dengiz va havo patrullarini yuborgan va yerga asoslangan raketa tizimlarini joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 12 iyul oyida Tayvanga dengiz kemalari va katta guruh harbiy samolyotlarini, jumladan qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarni yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made