Xitoy Tayvanga harbiy bosimni kuchaytirdi

Olam

image

Xitoy ikki kun davomida Tayvanga dengiz kemalari va katta guruh harbiy samolyotlarini, jumladan qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarni yubordi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tayvanni ehtimoliy bosqinchilikdan himoya qilishga qaratilgan yillik harbiy mashg‘ulotlar boshlanishidan avval Xitoy armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining 38 ta harbiy samolyoti va 9 ta kemasini jo‘natgan.

12 iyul kuni ertalabdan tushgacha Xitoy harbiylari J-10 va J-16 qiruvchi samolyotlari ishtirokida yana 30 ta parvozni amalga oshirgan. Xitoyning harbiy samolyotlari Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini ikki kun ichida kamida 55 marta kesib o‘tgan, bu orol va materik o‘rtasidagi bufer hisoblangan norasmiy chegara.

Aytilishicha, iyul oyining oxirida Tayvan har yili o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, unda Qurolli kuchlar jangovar tayyorgarlikni oshirish va bosqinni oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, har yili tinch aholini tabiiy ofatlarga tayyorlash va havo hujumlari sodir bo‘lgan taqdirda evakuatsiya qilishni o‘rganishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib boriladi.

Ma’lumot uchun, Xitoy o‘zini o‘zi boshqaradigan Tayvanni o‘z hududi deb biladi va so‘nggi yillarda orol hukumatining siyosiy faolligidan keskin noroziligini ko‘rsatib, Tayvan tomon yuborilayotgan harbiy samolyotlar sonini oshirdi.

O‘tgan yili u orol yaqinidagi suvlar bo‘ylab parvoz qilish uchun dengiz kemalari va dronlarini ham jo‘natishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan' harbiy bosim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made