Xitoy armiyasi rahbariyati “urushga tayyorlanish”ga chaqirdi

Olam

image

Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi rahbariyati askarlarni “urushga tayyorlanishga” chaqirdi. Shu mazmundagi qisqacha xabar XXR 80-qo‘shma qurolli armiyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida e’lon qilindi, deb yozmoqda “Global Times”.

Ikki iyeroglifdan iborat “Urushga tayyorlaning!” AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga rejalashtirilgan tashrifi fonida 12 soat ichida 300 000 dan ortiq layk va 19 000 izoh to‘pladi.

Ushbu post izohida qurolli kuchlar vakillari bu Xitoy xalq  ozodlik armiyasi tashkil etilganining 95 yilligiga to‘g‘ri kelganiga e’tibor qaratgan.

Nashrning yozishicha, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu chaqiruvni qo‘llab-quvvatlab, izohlar qoldirgan: 

Ba’zi Xitoy armiyasi faxriylari mamlakatga kerak bo‘lganda harbiy xizmatga qaytishga doimo tayyor ekanligini aytgan. Va ba’zi foydalanuvchilar Tayvan bo‘g‘ozining ikki tomonini tezroq birlashtirish chaqiriqlari bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Osiyoga safari chog‘ida Xitoy o‘z hududi deb hisoblovchi Tayvanga ham borishi mumkinligi Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yana keskinlashishiga sabab bo‘lyapti. Xitoy tomoni bunday harakatlardan tiyilishga chaqirib, ogohlantirish bilan chiqdi.

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan. 

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

561

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing