Xitoy AQSHning yangi sanksiyalarini “noqonuniy” deb atadi
Olam
−
02 may
3624Xitoy tomoni mamlakat kompaniyalarning Kremlga qarshi joriy qilingan yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu haqda Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi matbuot kotibi Lyu Pen’yuy so‘z ochdi.
AQSH Moliya vazirligi bayonotiga ko‘ra, bu korxonalar Rossiyaga qurol ishlab chiqarish yoki harbiy dasturlarni amalga oshirish uchun asosiy komponentlarni olishda yordam beradi.
Lyu Pen’yuyning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati qonunlar va me’yorlarga muvofiq ikki maqsadli tovarlar eksportini nazorat qiladi, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik esa Jahon Savdo Tashkiloti qoidalari va bozor tamoyillariga mos keladi.
Vashington tomonidan Ukrainadagi urush uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi joriy qilingan yangi sanksiyalar paketiga Xitoyda va Gonkong ma’muriy mintaqasida ro‘yxatdan o‘tgan 20 ta kompaniya, shuningdek, boshqa besh davlat – BAA, Turkiya, Ozarbayjon, Belgiya, Slovakiya va boshqa kompaniyalar kiradi.
Bundan tashqari, 200 dan ortiq Rossiya kompaniyalari sanksiyalar ro‘yxatida.
AQSH Davlat departamenti ham ishtirok etgan jazo choralari orasida vizani taqiqlash, moliyaviy aktivlarni muzlatish va sanksiyalangan kompaniyalar bilan biznes yuritishni taqiqlash kiradi.
LiveBarchasi