Xitoy AQSHning talabiga javob qaytardi

Olam

image

 Avvalroq, AQSH Xitoyga Xyuston shahridagi Bosh konsulxonasini yopish uchun 3 kun muhlat bergani xabar qilingandi.

Xitoy tomoni Amerikaning ushbu talabiga munosabat bildirib, bunga keskin chora ko‘rish bilan tahdid qildi. XXR AQSHning talabiga javoban Uxandagi amerika konsulxonasini yopmoqchi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Xyustondagi konsulxonani bir tomonlama qisqa vaqtda yopish AQSHning Xitoyga qarshi so‘nggi harakatlarini mislsiz darajada avj oldirishdir, deya baholadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, AQSH-Xitoy munosabatlari so‘nggi vaqtlarda keskinlashgan. Bunga koronavirus infeksiyasining keng tarqalib ketishi ham sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Xitoyning Gonkong muxtoriyati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni ham munosabatlarning ortga ketishiga sabab bo‘ldi.

Kecha, 21 iyulda esa AQSH Xitoyni tiyib turish uchun xalqaro koalitsiya tuzish taklifini ilgari surgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

2555

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing