Xitoy AQSHning Osiyoda harbiy bloklar yaratishiga qarshi chiqdi

Olam

image

Xitoy AQSHning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida harbiy bloklar yaratishga urinishiga qarshilik qiladi. Bu haqda Xitoyning AQSHdagi elchixonasi AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi uch tomonlama uchrashuv yakunlari haqidagi bayonotida so‘z bordi.

“Biz ishonamizki, turli xil izolyatsiya qilingan guruhlarni birlashtirish, shuningdek, bloklar to‘qnashuvi va harbiy bloklarni Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga olib kirishga urinishlar qo‘llab-quvvatlanmaydi va faqat mintaqa davlatlarining ehtiyotkorligi va qarshiliklariga duch keladi”, deyiladi elchixona xabarida.

Biroq Oq uydagi Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan uch yetakchining uchrashuvi oldidan Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreya va Yaponiya bilan NATO tipidagi rasmiy harbiy ittifoq tuzishni maqsad qilmayotganini aytgan. U Tinch okeanida NATOning o‘xshashi bo‘lmasligiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Yaponiya va Janubiy Koreya rahbarlari bilan sammit o‘tkazgandi. Vashington yaqinidagi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va Bayden qo‘shma bayonot chiqarib, mamlakatlar Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz muloqotni tiklashga va har yili yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing