Xitoy AQSHning ATACMS bo‘yicha qarorini qoraladi
Olam
−
16:38
2625Xitoyning AQSHdagi elchixonasi ATASMS raketalarining Rossiya Federatsiyasi hududiga mumkin bo‘lgan zarbalarini va Ukrainadagi mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni qoraladi. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.
Xitoy elchixonasi Pekin Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlashini va keskinlikning kuchayishiga olib keladigan har qanday harakatlarga qarshi ekanligini bildirdi. Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, olovga yog‘ quymaslik, qarama-qarshilik darajasini pasaytirish yo‘llarini izlash kerak.
Bayden ATASMS bo‘yicha cheklovlarni bekor qilgandan so‘ng, Buyuk Britaniya va Fransiya xuddi shunday qilishdi va Ukrainaga Storm Shadow va SCALP raketalaridan foydlanishga ruxsat berdi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Fransiya TIV Kiyevga Rossiya hududiga zarba berish uchun SCALP raketalaridan foydalanishga ruxsat berilgani haqidagi OAV xabarlarini rad etdi, biroq bunday imkoniyat ko‘rib chiqilayotganini malum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden va XXR Raisi Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotining Perudagi sammitida uchrashib, ikki mamlakatning Baydenning to‘rt yillik prezidentligi davomidagi munosabatlarini sarhisob qilgandi. Har ikki rahbar ushbu muloqotdan ikki davlatning turli sohalardagi munosabatlarini sarhisob qilish uchun foydalangan edi: yadroviy sohada sun’iy intellektning rolidan tortib, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va Ukrainaga qarshi urushda Rossiya mudofaa sanoatiga yordam berishgacha.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi