Xitoy AQSHni Tayvan bilan aloqalarni uzishga chaqirdi
Jamiyat
−
04 dekabr 1919 2 daqiqa
Xitoy AQSH va Tayvan o‘rtasidagi har qanday rasmiy aloqalarga qat’iyan qarshi chiqadi, shuningdek, AQSHni orol bilan rasmiy muloqotlarni zudlik bilan to‘xtatishga va Tayvan mustaqilligiga intilayotgan “separatistik kuchlar”ga har qanday noto‘g‘ri signal yuborishdan tiyilishga qat’iy chaqirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyanga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilishicha, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Tayvan o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish maqsadida mamlakat Davlat departamentiga bu munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni buyuruvchi qonunni imzolagan edi. Ushbu xabarga Xitoy tomonidan izoh berish so‘ralganda Lin Szyan Xitoy AQSH va Xitoyning Tayvan mintaqasi o‘rtasidagi har qanday shakldagi rasmiy aloqalarga qat’iyan qarshi ekanini, bu pozitsiya izchil va aniq ekanini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, Tayvan masalasi Xitoyning asosiy manfaatlari markazida turadi va Xitoy-AQSH munosabatlarida kesib o‘tib bo‘lmaydigan birinchi “qizil chiziq”dir.
Xitoylik diplomatning aytishicha, “yagona Xitoy” prinsipi Xitoy–AQSH munosabatlarining siyosiy asosini tashkil etadi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy Xalq Respublikasining hukumatini Xitoyning yagona qonuniy hukumati sifatida tan oladi. Shu asosda Amerika xalqi Tayvan xalqi bilan madaniy, savdo va boshqa norasmiy aloqalarni davom ettiradi”, deydi AQSH hukumati ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi haqidagi qo‘shma kommyunikeda.
Xitoy AQSHni “yagona Xitoy” prinsipiga va Xitoy-AQSH o‘rtasidagi uchta qo‘shma kommyunike qoidalariga halol amal qilishga, Tayvan masalasiga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondashishga, Tayvan bilan rasmiy aloqalarni to‘xtatishga va “Tayvan mustaqilligi”ga intilayotgan separatistik kuchlarga har qanday noto‘g‘ri signal yubormaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvan Xitoydan kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qarshi turish uchun qo‘shimcha 40 milliard dollarlik mudofaa xarajatlarini rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi