Xitoy AQSHga talab qo‘ydi
Olam
−
19 iyul 2022
22146Xitoy Vashingtondan AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifini bekor qilishni talab qiladi, chunki bunday tashrif “yagona Xitoy” tamoyilini jiddiy ravishda buzadi va bundan keyin barcha oqibatlar uchun javobgarlik faqat AQSH zimmasiga tushadi. Bu haqda Xitoy TIV vakili Chjao Litszyan bugun, 19 iyul kuni ma’lum qildi.
“Xitoy AQSHdan “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta qo‘shma AQSH-Xitoy kommyunikesiga qat’iy rioya etishini, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifini tashkil qilmaslikni, Tayvan bilan barcha rasmiy aloqalarni va Tayvan bo‘g‘ozida keskinlikni keltirib chiqarishni to‘xtatishni talab qiladi”, degan diplomat.
Uning ta’kidlashicha, agar Qo‘shma Shtatlar Pekinning fikrini inobatga olmay, o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishda davom etsa, Xitoy davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun, albatta, qat’iy choralar ko‘radi va oqibatlar uchun to‘liq javobgarlik AQSH zimmasiga yuklanadi.
Chjao Litszyanning ta’kidlashicha, Xitoy bir necha bor AQSH va Tayvan vakillari o‘rtasidagi har qanday rasmiy aloqani qabul qilib bo‘lmasligi, va agar Pelosi orolga tashrif buyursa, bu “yagona Xitoy” tamoyili va AQSH-Xitoyning uchta qo‘shma kommyunikesini buzish bo‘lishi, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazishi, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy asosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, orolning mustaqillik tarafdori kuchlariga yolg‘on signal berishi haqida haqida ogohlantirgan.
Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan.
Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023