Xitoy aholisining soni keskin kamayib ketdi
Olam
−
17 yanvar 2023
23072Xitoy aholisining soni 1961 yildan beri birinchi marta tushib ketdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoy aholisining soni 2022 yilda 850 ming nafarga qisqargan. Bu tarixiy burilish bo‘lib, mamlakatning iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, o‘tgan yili Xitoyda tug‘ilish darajasidan ko‘ra, o‘lim darajasi yuqoriroqni tashkil etgan. Ya’ni mamlakatda 9,56 million odam tug‘ilib, 10,41 million odam vafot etgan.
“Odamlar mamlakat aholisining kamayishi haqida tashvishlanmasligi kerak, chunki umumiy ishchi kuchiga bo‘lgan talab yana oshib ketadi”, deyiladi Xitoy Milliy statistika byurosi xabarida.
Ma’lumot uchun, Xitoy hukumati 2015 yilda 2 nafar farzand, 2021 yilda esa 3 nafar farzand ko‘rishga ruxsat bergan edi. Biroq hozirga kelib mamlakatda bola tug‘ilishi hokimiyat tomonidan rag‘batlantirilmoqda.
Hozirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 1,4 milliard odam yashaydi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi