Xitoy Hindiston chegarasi yaqinida qiruvchi samolyotlarini joylashtirgan – OAV

Olam

image

Xitoy Hindiston chegarasidan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan hududga beshinchi avlod J-20 qiruvchi samolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib, Hindistonning NDTV telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, Xitoy o‘zining beshinchi avlod J-20 qiruvchi samolyotlarini Tibetdagi Shigazi shahridagi harbiy va fuqarolik aerodromiga joylashtirgan.

27 may kuni All Source Analysis geografik razvedka kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, Hindistondan 150 kilometr uzoqlikdagi aeroportda 6 ta J-20 va 8 ta J-10 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, to‘xtab turgan KJ-500 rusumli erta ogohlantirish va havo bo‘shlig‘ini boshqarish tizimi (AWACS) samolyoti topildi.

Xabarda aytilishicha, Chengdu Aerospace Corporation (CAC) tomonidan ishlab chiqarilgan J-20 qiruvchi samolyotlari 2020 va 2023 yillarda Tibetga joylashtirilgan. Tijoriy sun’iy yo‘ldosh provayderlari tomonidan Hindiston chegarasi yaqinida bunday sonli qiruvchi samolyotlar birinchi marta aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made