Xitoy harbiy masalada Turkmanistonni qo‘llashiga ishontirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Turkmaniston bilan strategik aloqalarni yanada mustahkamlashga, jumladan, turli sohalarda amaliy harbiy hamkorlikni chuqurlashtirishga, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida yaqin hamjamiyat o‘rnatishga yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Milliy mudofaa vaziri Vey Fenxe ma’lum qilgan.  

Bu Turkmaniston Mudofaa vaziri Begench Gundog‘diyev bilan videomuloqotda ma’lum qilingan. Vey Fenxe ikki tomonlama harbiy hamkorlikda yuqori darajadagi o‘zaro hamkorlik, kasbiy almashinuv va kadrlar tayyorlash kabi sohalarda o‘sish borligini ta’kidlagan. 

“Xitoy Turkmaniston bilan munosabatlarga katta ahamiyat beradi va xalqaro vaziyat qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, doimo Markaziy Osiyo davlatining yaqin do‘sti va ishonchli hamkori bo‘lib qoladi”, degan vazir. 

O‘z navbatida Gundog‘diyev Turkmaniston o‘zaro savdo-iqtisodiy almashinuv va mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda, shuningdek, ikki davlat va ularning qurolli kuchlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda davom etishini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkmaniston Mudofaa vazirligi ushbu muzokaralar haqida xabar bermagan. 

Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovini qonuniy deb tan olishdan bosh tortib, YeXHT xulosalariga qo‘shilib, Turkmaniston hukumati erkin, adolatli va raqobatbardosh saylovni ta’minlay olmaganini ta’kidlagan edi.  

Ma’lumot o‘rnida, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 15 mart kuni amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov saylovda 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Turkmaniston

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing