XIX asrga oid tangalarni olib chiqib ketilishi oldi olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari respublikadan XIX asrga oid noyob tangalarni noqonuniy olib chiqib ketilishini oldini oldilar. 

Nukus aeroportida yo‘lovchilardan birining xatti-harakati bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi. Tekshiruv natijasida yo‘lovchi sumkasida o‘nta qadimiy tanga topildi.

Ekspertizada aniqlanishicha, tangalar XIX asrning ikkinchi yarmida Xorazmdagi Qo‘ng‘irot sulolasi davrida zarb qilingan. Tarixiy qiymatga ega tangalar tarix muzeyi fondiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabr oyida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari 1 kg dan ortiq oltinni noqonuniy olib chiqishga uringan ayolni qo‘lga olgan edilar.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bojxona

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing