Xeylund uchun kurash avjida. PSJ ham qo‘shildi
Sport
−
27 iyul 2023
2134Fransiyaning PSJ klubi Italiyaning “Atalanta” jamoasi hujumchisi Rasmus Xeylund transferi uchun “Manchester Yunayted” bilan kurashmoqda. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fransiya klubi 20 yoshli hujumchi uchun 50 million yevro taklif qilgan. PSJ o‘z taklifini boshqa oshirish niyatida emas.
Futbol jurnalisti Fabritsio Romano parijliklarning Xeylund bo‘yicha taklifi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. PSJ iyun oyidan beri Rasmusning atrofidagilar bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha hujumchi uchun kurashda “Manchester Yunayted” favorit ko‘rinmoqda.
PSJ bergamoliklarning talablarini noreal hisoblayapti. Agar “Atalanta” Xeylundni 50 million yevroga sotishdan bosh tortsa, parijliklar muzokaralardan voz kechmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 iyul kuni daniyalik futbolchi uchun “Manchester Yunayted” tomonidan taklif tushgani aytilgandi. “Qizil iblislar”ning taklifi PSJnikidan yuqori – ingliz klubi futbolchi uchun 50+10 million yevro taklif qildi.
LiveBarchasi