Xersonda vaziyat jiddiy. Ukrainadan shiddatli hujum kutilyapti

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlarining Xersonga hujumi yaqin kelajakda boshlanishi mumkin. Bu haqda kecha, 18 oktyabr kuni kechasi Xerson viloyati gubernatori o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi. 

“Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb tomonidan itarib yuborilgan ukro-natsistlar tez orada Xerson shahriga hujum boshlaydi. Xerson shahrining o‘qqa tutilishi, Xerson viloyatining o‘ng qirg‘oq qismining o‘qqa tutilishi istisno etilmagan”, deydi Stremousov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan videomurojaatida. 

Uning takror urg‘ulashicha, Xerson uchun jang tez orada boshlanadi. 

“Tinch aholiga keraksiz xavf-xatarga duch kelmaslik uchun, iloji bo‘lsa, bo‘lajak shiddatli jangovar harakatlar hududini tark etish tavsiya etiladi”, deya qo‘shimcha qildi gubernator o‘rinbosari aholidan uning so‘zlarini jiddiy qabul qilishini so‘rab.

Avvalroq Xerson viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldo, Ukraina harbiylari Kaxovskaya GESiga zarba bergan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini xavfi tufayli mintaqaning o‘ng qirg‘oq qismidagi tinch aholi Dneprning chap qirg‘og‘iga evakuatsiya qilinishini aytgan edi. U, shuningdek, Ukraina Nikolayev va Krivoy Rog yo‘nalishlarida katta kuchlarni to‘plashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholini ko‘chirish qaroriga har qanday hujum qaytarilishi uchun keng ko‘lamli mudofaa istehkomlari yaratilgani ham sabab bo‘lgan.

Seshanba kuni maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgan hududdagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni,  armiya generali Sergey Surovikinning aytishicha, Rossiya Qurolli kuchlarida Kiyev tomonidan Kaxovskaya GESi to‘g‘oniga yirik raketa hujumiga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, u Xerson yo‘nalishidagi vaziyat og‘ir deb baholanishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Xerson

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing