Xersonda hududiy mudofaani shakllantirish boshlandi
Olam
−
24 Oktabr 2022
8851Xersonda hududiy mudofaani shakllantirish boshlandi, shaharda qolgan erkaklar unga qo‘shilishga da’vat etilyapti. Bu haqda bugun, 24 oktyabr kuni Xerson viloyati ma’muriyati ma’lum qildi.
“Ukraina millatchilarining harakatlari tufayli xavfsizlikka tahdid kuchayganiga qaramay, Xersonda qolishni istagan barcha erkaklar uchun shaharning hududiy mudofaa bo‘linmalariga qo‘shilish imkoniyati yaratildi”, deyiladi viloyat ma’muriyatining Telegram-kanalida e’lon qilingan matnda.
Xerson viloyati ma’muriyati huquq-tartibot idoralari shahar xavfsizligini ta’minlashda davom etayotganini eslatgan.
“Barcha xohlovchilar istalgan vaqtda Dneprning chap qirg‘og‘iga borishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Ukraina harbiylari mintaqadagi Rossiyaga nazoratiga o‘tgan eng yirik shahar – Xersonni ozod qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik.
Xerson viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldo Ukraina Nikolayev va Krivoy Rog yo‘nalishlarida katta kuchlarni to‘playotganini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi