Xayriya uchun yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi

Jamiyat

image

Navoiy shahrida kasal qizning davolanishi uchun yig‘ilgan xayriya pullar o‘g‘irlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 19 iyul kuni Navoiy shahri Gulbog‘ ko‘chasida yashovchi 48 yoshli J.P. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Ayolning ta’kidlashicha, shu yil 3 iyuldan 4 iyulga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning 12 yoshli qizi G.A.ning sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam kerakligi to‘g‘risida bergan e’loni bilan tanishib +99890-362-**-** telefon raqamidan J.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, qizining sog‘lig‘ini tiklash uchun o‘z hisobidan pul mablag‘larini hayriya qilmoqchiligini aytib aldagan. Ayolning ishonchiga kirgan va undan plastik kartasi maxfiy kodini olib kartasidan 6 090 300 so‘m pulini yechib olgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik xayriya

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made