Xavi “Bavariya”ni mag‘lub etishga ishonmoqda

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoasining “Bavariya”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 6-turidagi uchrashuvda g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.

“Jamoamning “Benfika”ga qarshi o‘yini meni kuchli ekanimizga ishontirdi. Agar shunday o‘ynasak, hamma bilan raqobatlasha olamiz. Myunxenda ham g‘alaba qozonishimiz mumkin. Barchasi o‘zimizga bog‘liq, bu esa yaxshi yangilik”, deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” allaqachon birinchi o‘rin bilan YeCHL pley-off bosqichiga yo‘l olgan. “Barselona” 7 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kiyevning “Dinamo”si bilan o‘z maydonida o‘ynaydigan “Benfika” hisobida 5 ochko bor. Bir ochkoga ega kiyevliklarning musobaqani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Ma’lumot uchun, Italiyaning “Tuttosport” gazetasi Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi uchun “Golden Boy” mukofoti g‘olibini e’lon qildi. Ushbu sovrin “Barselona”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Pedri Gonsales Lopesga nasib etdi. Bu sovrinni “ko‘k-anorranglilar” futbolchilari orasida so‘nggi bor Lionel Messi qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona EChL Bavariya La Liga Bundesliga Benfika Dinamo Kiev

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing