Xavfli burilish: Jokovich hibsga olindi
Sport
−
15 yanvar 2022
12801Avvalroq, 14 yanvar kuni Novak Jokovich ishtirokida sud majlisi bo‘lib o‘tgani, natijada uning ishi Avstraliya federal sudiga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 15 yanvar kuni 34 yoshli serbiyalik tennischi federal sud arafasida hibsga olindi. Bu haqda CNN ma’lum qildi. Aksariyat kuzatuvchilar esa jahonning 1-raqamli tennischisi deport qilinishi haqida fikr bildirayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovichning Avstraliya ochiq chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq masala haligacha hal etilmagan. Kecha, 14 yanvar kuni Jokovichning vizasi yana bekor qilindi – bu qarorni immigratsiya vaziri Aleks Xouk qabul qildi.
Sportchiga qarshi da’volar vizaga murojaat qilishda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga kelgan. Bundan tashqari serbiyalik tennischining koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy imtiyozi sabab o‘z homiylari bilan ham munosabatlari yomonlashdi.
LiveBarchasi