2021 yilda Toshkent XAUFKga bag‘ishlangan xalqaro forumga mezbonlik qiladi – Abduhakimov

Jamiyat

image
OAVni haqiqiy “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirishning ortga qaytmas yo‘lini tanlaganmiz – Saida Mirziyoyeva north_east

OAVni haqiqiy “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirishning ortga qaytmas yo‘lini tanlaganmiz – Saida Mirziyoyeva

Allamjonov matbuot 4 yil avval Karimovning ko‘ngliga xizmat qilganini aytdi north_east

Allamjonov matbuot 4 yil avval Karimovning ko‘ngliga xizmat qilganini aytdi

Bugun, 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan birga Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni (XAUFK)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn-muhokamada ishtirok etdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Tadbir 28-29 sentyabr kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Ahamiyatlisi O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat bo‘ldi. Tadbir to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Tashkilotning rasmiy veb-sayti hamda uning barcha yirik ijtimoiy platformalardagi kanallarida keng yoritildi.

Ushbu sana 2019 yilda BMT Bosh assambleyasining 28 sentyabrni Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni deb e’lon qilishiga doir rezolyutsiyasi qabul qilinganidan keyin birinchi marta global darajada nishonlanmoqda. Bunga qadar u 2015 yida mazkur bayramni ta’sis etgan UNESCO doirasida nishonlangan.

Axborotning “COVID-19” pandemiyasiga qarshi kurashishdagi muhim rolini inobatga olib, tadbir mavzusi sifatida “Axborot olish – hayotlarni qutqarib, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab” tanlangan. Ma’ruzachilar pandemiya sharoitida jamiyatni axborot bilan ta’minlashning turli jihatlarini xalqaro tuzilmalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, shuningdek xususiy sektor nuqtai nazaridan yoritishdi.

O‘zbekiston tomon mamlakatda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida OAVni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yakunlari bo‘yicha batafsil taqdimotini o‘tkazdi. O‘zbekistonda OAVni liberallashtirish va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash, so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini targ‘ib qilish, hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat tashkilotlari hamda aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar aniq misollar bilan yoritib berildi.

Tadbir doirasida ta’kidlanishicha, axborot olish ko‘lamining kengayishi boshqa sohalardagi yutuqlar bilan bir qatorda “COVID-19” pandemiyasiga qarshi umumqamrovli strategiyani samarali amalga oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur strategiya to‘rt asosiy elementga asoslanadi:

1. Ommaviy axborot kampaniyasini o‘tkazish;

2. Virus yuqtirganlar va qurbonlar statistikasini muntazam ravishda taqdim etish;

3. OAV va blogerlarning dezinformatsiya (yolg‘on ma’lumot tarqalishi)ga qarshi sa’y-harakatlarini birlashtirish;

4. Ilmiy va boshqa platformalarga onlayn kirishni ta’minlash uchun katta resurslarni safarbar etish.

Yuqori darajali onlayn-muhokama davomida O‘zbekiston Hukumatining UNESCO bilan hamkorlikdagi XAUFK bo‘yicha xalqaro anjumanini 2021 yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish istagi bildirildi.

Ushbu tadbirni respublikda tashkil qilishga doir kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva (hozirda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi)ning UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan 2020 yilning 9 yanvarida Parij shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida erishilgan.

O‘zbekiston tomoni keyingi yilga rejalashtirilgan bu anjuman davlatlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan axboriy inqirozlar va muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘lida UNESCO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga urg‘u berdi.

Tadbir doirasida shuningdek professional jurnalistika va ishonchli axborot olish tizimini yaxshilash, chaqiriqlarga samarali reaksiya bildirish borasida eng yaxshi tajriba bilan almashish va ilg‘or texnologiyalar hamda raqamli platformalar qamrovini kengaytirish kabi dolzarb masalalarning muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.

UNESCO Bosh kotibi Odri Azule va tadbirning boshqa ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kelgusi yilda bu qadar muhim tadbirni o‘tkazishga tayyor ekanligi uchun samimiy minnatdorlik bildirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

OAV Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing