“Ularga tegmang!” Pragada 400 ming kişi OAV mustaqilligi uçun boş kötardi (video)

Olam

−

image

Çexiya poytaxti Pragada hukumatning jamoat televideniyesi va radiosini moliyalaştiriş tartibini özgartiriş rejasiga qarşi qariyb 400 ming kişi namoyiş ötkazdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, keça, 15 noyabr kuni Letna boğida ötkazilgan namoyiş taşkilotçilari unda 400 mingga yaqin kişi qatnaşganini aytgan. Ularning fikriça, bu 1989 yildagi “Baxmal inqilobi”dan buyon mamlakatdagi eng yirik norozilik aksiyasiga aylanişi mumkin. Namoyişçilar “OAVga tegmang” va “OAV siyosatçilar bilan özi şuğullansin” kabi yozuvlar tuşirilgan plakatlarni kötargan.

Norozilikka hukumatning jamoat televideniyesi va radiosi uçun aholidan undiriladigan oylik abonent tölovini bekor qilib, ularni davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriş rejasi sabab bölgan. Tanqidçilar bunday özgarişlar teleradiokompaniyalarni hukumatga moliyaviy jihatdan qaram qilib qöyişi va siyosiy bosimga zaiflaştirişidan xavotirda.

Çexiya muxolifati va fuqarolik jamiyati taşkilotlari qonun loyihasining parlamentda körib çiqiliş tartibini ham tanqid qilgan. Ularning ta’kidlaşiça, hujjat oktyabr oyida şoşilinç tarzda, tunda muhokamaga kiritilgan. Faollar hukumatdan qonun loyihasini qaytarib olişni yoki OAV mustaqilligini kafolatlaydigan mexanizmlarni işlab çiqiş uçun ekspertlarni jalb etişni talab qilmoqda.

Namoyişlarni taşkil qilgan “Milion Chvilek” fuqarolik harakati rahbari Mikulaş Minar saylangan hukumat mamlakatni boşqariş huquqiga ega ekanini, biroq demokratik institutlarni öz xohişiga köra tugatişga haqli emasligini aytgan.

Ayni paytda Çexiya hukumati boş vazir Andrey Babiş boşçiligidagi populistik koalitsiya tomonidan boşqarilmoqda. Hukumat jamoat va xususiy OAVni biryoqlama yoritişda ayblab keladi. Tanqidçilar esa taklif etilayotgan islohotlarni Vengriyada Viktor Orban davrida jamoat axborot vositalari ustidan nazorat kuçaytirilgani bilan qiyoslamoqda.

Hozirda Çexiyada jamoat televideniyesi va radiosi uy xöjaliklaridan har oy undiriladigan 205 krona (taxminan 9,26 dollar) miqdoridagi tölov hisobidan moliyalaştiriladi. Hukumat bu tölovni bekor qiliş orqali aholining moliyaviy yukini kamaytirişni közlayotganini bildirgan. Qonun loyihasi dastlabki ovoz berişdan ötgan va navbatdagi muhokamalarni kutmoqda.

Biroq taklif etilayotgan özgarişlar teleradiokompaniyalar moliyalaştirilişini 15 foizga qisqartirişi mumkin. Natijada televideniye byudjeti 2008 yil, radio byudjeti esa 2005 yil darajasiga tuşib qoladi. OAV vakillari xarajatlar öşa davrdan buyon oşganini ta’kidlab, bunday moliyalaştiriş tizimini maqbul deb hisoblamayapti.

Ma’lumot uçun, noyabr oyi boşida Çexiya jamoat televideniyesi va radiosi xodimlari ham hukumatning rejasiga qarşi bir kunlik iş taşlaş ötkazgan, bu esa efir faoliyatining çeklanişiga olib kelgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Frankfurt şahrida yoşlar namoyişi vaqtida tartibsizliklar yuz bergani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing