OAVni haqiqiy “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirishning ortga qaytmas yo‘lini tanlaganmiz – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image
Allamjonov matbuot 4 yil avval Karimovning ko‘ngliga xizmat qilganini aytdi north_east

Allamjonov matbuot 4 yil avval Karimovning ko‘ngliga xizmat qilganini aytdi

O‘zbekiston ochiqlik, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalarini haqiqiy "to‘rtinchi hokimiyat"ga aylantirishni ko‘zlovchi, ortga qaytmas yo‘lni tanlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi Saida Mirziyoyev bugun, 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Axborotdan erkin umumfoydalanishga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn-konferensiyadagi nutqida gapirdi. 

“Ommaviy axborot vositalarining haqiqiy mustaqilligini yaratish kabi murakkab yo‘lni endigina boshlaganimizni anglab turibmiz. O‘tgan to‘rt yil davomida ko‘p ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, hali amalga oshirilishi kerak bo‘lganlari talaygina.  Ammo, mamlakatimiz ochiqlik, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalarini haqiqiy "to‘rtinchi hokimiyat"ga aylantirishni ko‘zlovchi, ortga qaytmas yo‘lni tanlanganini yana bir bor ta’kidlab o‘tishni istardim”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Onlayn-konferensiyada axborotlashtirishdagi bugungi muammolar va dolzarb vazifalar, O‘zbekistonda oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar va rejalar, jurnalist va blogerlarga bo‘layotgan bosimlar, ommaviy axborot vositalari faoliyati oldida turgan to‘siqlar muhokama qilindi. 

“Biz xorijiy hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashishdan juda xursand bo‘lardik, bunday hamkorlik natijasi o‘laroq loyihalarimizni yanada mustahkamlash, qonunchiligimiz hamda jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qilish jarayonini takomillashtirishda eng yaxshi tajribalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lardik. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari muammolari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borishimiz va bu yo‘nalishda boshqa loyihalarni ham amalga oshirishimiz mumkin.

Konferensiyada ishtirok etganlarga, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu sohada muloqotni rivojlantirish va yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha hamkorlikdagi yechimlarni izlab topish katta ahamiyatga ega ekanligiga chin dildan ishonaman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

U O‘zbekistonda so‘nggi 4 yil davomidagi samarali hamkorlik uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregorga alohida minnatdorlik bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Baholaganlar

18

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing