Xarkovdagi ikki aholi punkti bosqindan ozod qilindi

Olam

image

Ukraina Respublikasi Prezident Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatidagi aholi punktlari rus bosqinchilaridan tozalanganini e’lon qildi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

"Askarlarimiz bosqichma-bosqich Ukraina yerlarini de-okkupatsiya qilmoqda. 113-alohida hududiy mudofaa brigadasi askarlari Xarkov viloyatidagi Vasilenkovo va Artemovkani ozod qilishdi", deyiladi xabarda. 

Prezident erkinlik osonlik bilan kelmasligini jamiyat yodda tutishi kerakligini ta’kidladi. 

"Ukrainalik himoyachilar o‘z jonlarini evaziga har birimiz uchun mustaqillik uchun kurashmoqda. Barcha askarlarimizga cheksiz minnatdorchilik! Biz har biringio‘hz bilan faxrlanamiz!", deydi Prezident. 

Zelenskiy yana bir bor Ukraina Qurolli kuchlari harakatlari natijalarini rasmiy e’lonlargacha oshkor qilmaslikka chaqirgan. Prezident shoshqaloqlik bilan Ukraina armiyasi oldidagi vazifalarni murakkablashtirmaslikni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni kechga borib Prezident Zelenskiy oy boshidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari mamlakatning Rossiya bosqini ostida qolayotgan 2000 kilometrga yaqin qismini ozod qilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing