Xanchjou-2022. Yana bir o‘zbekistonlik kurashchi oltin medalga ega chiqdi

Sport

image

Muhsin Hisomiddinov Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining kurash dasturi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 10-oltin medalni keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, -90 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muhsin Hisomiddinov chempionlikni qo‘lga kiritgan. U finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Bu orqali Hisomiddinov ikki karra Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. U keltirgan oltin medal orqali O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 4-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  -66 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempion bo‘lgan edi. U finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirib, musobaqa oltin medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi qiz musobaqaning -52 kilogramm vazn toifasi bo‘yicha final bellashuviga sensatsion tarzda yetib kelib, 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari kurash Xanchjou Muhsin Hisomiddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing