Xalq vaqti kelib o‘z qahramonlarini, albatta, tanib oladi – Diyor Imomxo‘jayev
Sport
−
17 yanvar 2023
12736O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Toshkentning “Bunyodkor” klubi boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar va so‘nggi yillarda jamoa qayd etayotgan natijalar yuzasidan o‘zining Telegram sahifasida fikr bildirdi.
“Bunyodkor” klubi Aziz Haydarov bilan to‘g‘ri yo‘lga tushib borayotganini ko‘rib turibmiz. Boshkovich yosh futbolchilar bilan istalgan raqibga qarshi tura oladigan jamoaga asos solish mumkinligini hammaga ko‘rsatib bergandi. Klubning avvalgi rahbariyati haqida bunday fikr bildirmaymiz. Xalq vaqti kelib o‘z qahramonlarini, albatta, tanib oladi. Avvalgi yillar davomida “Bunyodkor”ga qilingan uyatsiz ishlar oqibatida klub o‘z tarixidagi eng yomon natijalarni ketma-ketlikda qayd etdi, faktni hech kim yashira olmaydi. Yoki siz “Bunyodkor”ni yaqin orada 8-o‘rinda ko‘rganmidingiz?”, deya yozib qoldirdi Imomxo‘jayev.
O‘zPFL rahbari shuningdek, klubni ortga tortayotgan kishilarni “qaldirg‘ochlar” tizimidan ketishi shartligini ma’lum qildi.
“Biz bir narsaga – har kim niyatiga yarashasini olishiga ishonamiz. Klubni yemirib kelganlar undan batamom ketishi shart. Har qanday kurashda adolat g‘alaba qozonishi uchun biz ham guvohlikka tayyormiz”, deydi u.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” klubiga 2005 yilda “Quruvchi” nomi ostida asos solingan. Klub O‘zbekiston Superligasining so‘nggi mavsumlarida qoniqarsiz natija qayd etmoqda.
LiveBarchasi