“Xalqlar do‘stligi” metro bekatiga kirish qismlaridan biri vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

“Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli ("Tashkent city" majmuasiga olib chiquvchi tomon) joriy yilning 10 fevralidan boshlab, 20 mart sanasiga qadar yopiq bo‘ladi. Bu haqda poytaxt metropoliteni xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, metropoliten faoliyatini takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, yerosti metro bekatlarida o‘rnatilgan eskalatorlarning o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lganlarini bosqichma-bosqich ravishda yangilariga almashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu rejaviy ishlarning birinchi bosqichida “Xalqlar do‘stligi” metro bekatidagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu boisdan, “Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli ("Tashkent city" majmuasiga olib chiquvchi tomon) joriy yilning 10 fevralidan boshlab, 20 mart sanasiga qadar yopiq bo‘ladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun bekatning birinchi vestibyuli ("Xalqlar do‘stligi" saroyiga olib chiquvchi tomon) odatiy rejimda ish faoliyatini olib boradi.

“Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

metro Xalqlar do'stligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing