Qirg‘izistonliklar Japarovdan haqorat uchun uzr so‘rashni talab qilyapti
Olam
−
20 iyul 2023
31793Avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zi uchun barpo etilayotgan yangi “Oq uy”ning qurilishi kechikkani uchun qirg‘iz ishchilarini dangasalikda ayblagandi. Uning bu so‘zlariga Aida Sasibayeva ismli mamlakat fuqarosi e’tiroz bildirib, qirg‘iz xalqidan kechirim so‘rashini talab qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida yozgan.
“Sadir Japarov, mening ismim Aida Sasibayeva. Men Qirg‘iziston fuqarosiman. Yaqinda xalqim haqida aytgan gaplaringiz menga yoqmadi. Qirg‘izlarni dangasa dedingiz. Bu mening milliy qadr-qimmatimni kamsitadi va sizdan kechirim so‘rashni talab qilmoqchiman. O‘z e’tirozingiz, bayonotingiz bilan yurtim va xalqim obro‘siga putur yetkazyapsiz. Boshqa mamlakatlarda bunday kamsituvchi tavsif tufayli, biz haqimizda noxush fikr paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday zaharli munosabat bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Bolalarning o‘zlari, ota-onalari, qarindoshlari va butun xalqi haqidagi tasavvurlarini buzadi”, deydi Sasibayeva.
U agar Prezident uzr so‘rab chiqmasa barcha ijtimoiy tarmoqlarda fleshmob e’lon qilishini aytgan.
“Ish tashlash butun mamlakat bo‘ylab tarqaladi. Tashkilot va korxonalarda ularning talablarini qondirish maqsadida ishlar to‘xtatiladi. Hozircha birgina talabimiz bor – sizdan ommaviy uzr so‘rash. Bu siyosiy yoki mudofaa zarbasi emas. Bu madaniy ish tashlashdir. Aytgancha, ish tashlashning tabiati “Italiya”, “Polsha” va “Misr” deb ataladigan ish tashlashlardan farq qiladi. Bu qirg‘izlarning zarbasi bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar xodimlari o‘zlarini aynan siz ta’riflaganingizdek tuta boshlaydi. Ya’ni: ishga 2 soat kechikish, ishdan 1 soat oldin chiqib ketish, juma kuni umuman chiqmaslik va dushanba kuni tushlikkacha qolish. Men ham ushbu aksiyada ishtirok etish niyatidaman. Siz bizni “jalkoo el” (dangasalar) deb atagansiz. Biz mana shunday aniq ish tashlashni tashkil qilish orqali sizlarga “dangasa xalq” nima ekanini ko‘rsatib qo‘yamiz”, deydi Aida Sasibayeva.
Eslatib o‘tamiz, bu Qirg‘izistonda hokimiyat vakilining ishchilardan nolishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avvalroq Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov yangi “Oq uy” qurilishiga ishchilar yetishmasligidan shikoyat qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 15 aprelida Bishkekdagi “Issiqko‘l” mehmonxonasi o‘rnida yangi Prezident saroyi qurilishiga start berildi. Binoning umumiy maydoni 21 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Ob’ektning qiymati 35 million dollar. Avvaliga ushbu bino qurilishi 2023 yilning 31 avgustigacha tugashi va’da qilingan.
LiveBarchasi