Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

•    1-o‘rin (oltin medal) uchun – 500, o‘qituvchisiga –450 baravari;
•    2-o‘rin (kumush medal) uchun – 300, o‘qituvchisiga –250 baravari;
•    3-o‘rin (bronza medal) uchun – 200, o‘qituvchisiga –150 baravari;

Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari EKIHning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

•    1-o‘rin uchun – 50 baravari;
•    2-o‘rin uchun – 35 baravari;
•    3-o‘rin uchun – 30 baravari;

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing