Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi G‘azo missiyasi uchun delegatsiya tuzdi
Olam
−
15 yanvar
6888Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi (IUMS) kecha, 14 yanvar kuni Isroil anklavga harbiy hujumini davom ettirayotgan bir paytda G‘azo sektoriga Misr orqali kiradigan delegatsiya yig‘ilganini e’lon qildi.
Qarorgohi Qatarda joylashgan ittifoq Bosh kotibi Ali Muhyiddin Al-Qaradag‘iy X (sobiq Twitter)dagi akkauntida delegatsiya Misrning Rafah chegara punkti orqali G‘azoga kirishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IUMS Misr va Al-Azhar universitetining bosh imomi shayx Ahmad at-Toyibdan ularning safarini osonlashtirish uchun yordam so‘ragan.
Shuningdek, Al-Qaradag‘iy bir oy oldin Misr rasmiylariga G‘azoga borish talabini yetkazganini aytgan va safarga birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tish istagida ekanligini bildirib, nafaqat Rafahga, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri G‘azoga borishga urg‘u bergan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Arab va Islom delegatsiyasi G‘azo masalasida Xitoyga borgan edi.
LiveBarchasi