Xalqaro mukofot va milliy e’tirof
Biznes
−
30 may 3507 7 daqiqa
Xalqaro bozorda 28 yil, O‘zbekiston bozorida esa 15 yildan beri inson salomatligi va go‘zalligiga xizmat qilib kelayotgan Siberian Wellness navbatdagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu o‘z nomi, logotipi va formatini yangilab, xalqaro mukofotga aylangan “Yil brendi” mukofotidir.
3 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilgan Brand Awards International brendlari uchun VIII mukofotlar topshirish tadbirida biznes egalari uchun “Tadbirkorlar muvozanat g‘ildiragi” mahorat darsi ham bo‘lib o‘tdi. Marosimga O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi tashkilotchilik qildi. Brand Awards International mukofotining o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat brendlarga o‘z yutuqlarini qayd etish imkonini beradi, balki O‘zbekistonda ilk bor brendlar o‘z indikativ qiymatini hisoblash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Brand Awards International mukofoti brendlarga o‘z qiymatlari haqida gapirishga, iste’molchilarga esa ongli tanlov qilishga yordam beradi. Biz brend yutuqlarini namoyish etish uchun qulay format yaratdik. Shu orqali iste’molchilar brendlarning qiymati va ishonchliligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladi, bu shunchaki logotip emas, balki kompaniya va mahsulotning iste’molchilar tomonidan tushuniladigan va qabul qilinadigan kelgusi yillardagi aniq rivojlanish strategiyasidir”, deydi O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Umidli Siberian Wellness brendi o‘tgan 2024 yilda salomatlik, go‘zallik va faol turmush tarzi sohasida ishonchli va innovatsion brend sifatidagi strategik yetakchiligi, mahsulotlar yaratishga ilmiy yondashuv va O‘zbekistonda raqamli kommunikatsiyalarni ajoyib rivojlantirgani uchun Brand Awards International mukofoti bilan taqdirlandi. Siberian Wellness vakillari bu g‘alabani mazkur brendning O‘zbekistondagi 15 yillik yo‘li, iste’molchi va hamkorlar ishonchining e’tirof etilishi deb hisoblaydilar.
“Biz har bir qadamimiz xoh ilmiy, xoh raqamli ishlanmalar bo‘lsin yangi hayot sifatini shakllantirishini faxr bilan e’tirof etamiz”, deydi ular.
15 yillik yo‘l: biznes va ekologiya
Kompaniya o‘zining 15 yillik faoliyati mobaynida O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rin egalladi. Xususan, hozirgacha Siberian Wellness 150 ta do‘kon ochishga, 415 gektar mevali bog‘ yaratishga va yuz minglab mijozlar ishonchiga erishdi. U ko‘plab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindoriga aylandi. Masalan, 2023 yilda “O‘zbekiston rivojiga sarmoyaviyligi va hissasi uchun” maxsus mukofotiga loyiq deb topilib, nafaqat sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, balki mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan kompaniya sifatida tan olindi.

Bundan tashqari, Siberian Wellness mahsulot yaratishda o‘zining ekologik tashabbus va ilmiy yondashuvlari bilan ajralib turadi. Kompaniya har yili butun dunyo bo‘ylab minglab daraxt ko‘chatlarini o‘tqazadi. Xususan, birgina O‘zbekistonda barpo etilgan bog‘lar maydoni hozirgacha 415 gektarga, parvarish qilinayotgan daraxtlar soni esa 280 mingga yetdi.
Ekologik tashabbus va ilmiy yondashuv
Kompaniyaning mamlakatdagi ekologik tashabbuslarini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Ayniqsa, nafaqat mamlakat, balki butun mintaqani o‘ylantirayotgan Orol dengizi masalasida qilinayotgan ishlar Siberian Wellness’ning qanchalik ekomas’uliyatli kompaniya ekanini anglatadi. Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan va allaqachon 14 220 ta saksovul ko‘chati, 500 ta sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar ekilgan “My garden in the Aral Sea” (“Orol dengizidagi mening bog‘im”) loyihasi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, Siberian Wellness O‘zbekistondagi ekologik toza kelajak uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qoshidagi Xalqaro innovatsion markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “100 gektar” loyihasi doirasida ham davomli ko‘chat ekish tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Sog‘lom hayot madaniyatiga hissa
Siberian Wellness innovatsion mahsulotlar va ekologik tashabbuslardan tashqari, O‘zbekistonda sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishni ham faol qo‘llab-quvvatlagan holda bir qancha loyihalarga homiylik qiladi. Masalan, atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishga qaratilgan loyiha “Tashkent Ploggers” – ulardan biri. Yugurish bilan birga chiqindilarni yig‘ib boruvchi plogging ekologik harakati sog‘lom turmush tarzini saqlash va tabiatga g‘amxo‘rlik qilishni birlashtiruvchi vosita hamdir. Jismoniy faollik va atrof-muhitga g‘amxo‘rlikni birlashtirish esa kompaniya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
“Plogging harakatining bosh homiysi borligi juda yoqimli. Bu ishtirokchi va tashkilotchilar uchun katta imkoniyat: zaruriy material va mukofotlar taqdim etiladi. Sport dunyosida manfaatlar to‘liq mos keladigan hamkor topish kamdan-kam uchraydi. Siberian Wellness bizni qo‘llab-quvvatladi, bizga ishondi. Men buning uchun juda minnatdorman”, degan edi “Tashkent Ploggers” asoschisi Olga Pugach 2024 yilda bo‘lib o‘tgan plogginglardan birida.
Siberian Wellness va “Tashkent Ploggers” birgalikda bir necha bor plogging tadbirlarini o‘tkazgan. 2024 yil avgust oyida loyiha bir yilligini nishonladi, bu davr ichida 479 kishi ishtirok etdi, 876 ta chiqindi to‘plami, 1690 ta plastik shisha va 1812 ta plastik qopqoq yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi.
Siberian Wellness “Tashkent Ploggers” loyihasini faol qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zining 2030 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish strategiyasi doirasidagi pozitsiyasini mustahkamlashga intiladi. Ushbu strategiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Ishlab chiqarish va logistika salohiyatini rivojlantirish;
- Tabiiy mahsulotlar assortimentini kengaytirish: sog‘lom turmush tarziga mos xavfsiz mahsulotlarni taklif etish;
- Tabiatni asrash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash: korporativ ko‘ngillilik va mas’uliyatli iste’mol madaniyatini rivojlantirish.
Shu o‘rinda Siberian Wellness’ning 2024 yilda “Eng yirik innovatsion biologik faol qo‘shimchalar assortimentini taqdim etgan kompaniya” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganini eslatib o‘tish lozim.
NamAgro Tech – agrosanoat sohasidagi yetakchi

O‘zini ishonchli, ekologik va ijtimoiy mas’uliyatli brend sifatida ko‘rsatgan Siberian Wellness agrar bo‘limining ishlab chiqarish kompleksi NamAgro Tech brendi Brand Awards International mukofoti sovrindoriga aylandi. Qiymati 2 million AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur yirik brend O‘zbekiston agrosanoat tarmog‘iga qo‘shgan ulkan hissasi va 2024 yilda xalqaro bozorga muvaffaqiyatli chiqqani uchun e’tirof etildi.
“Bu mukofot nafaqat NamAgro Tech brendi yutuqlarini e’tirof etadi, balki uning to‘g‘ri yo‘lda ekanini ham tasdiqlaydi. 2024 yilda innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish va O‘zbekiston eksport salohiyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdik. Bizning sa’y-harakatlarimiz shunday nufuzli darajada e’tirof etilganidan faxrlanamiz va nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorda ham o‘z o‘rnimizni mustahkamlash uchun olg‘a intilishga tayyormiz”, deydi brend vakillari.

Ayni paytda NamAgro Tech rivojlanishning yangi bosqichlariga ko‘tarilmoqda. O‘tgan yilning may oyida Siberian Wellness mahsulotlarini ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi. Siberian Wellness jamoasi dunyoda katta talabga ega pektin mahsulotini samarali va xavfsiz ishlab chiqarish imkonini beruvchi texnologiyalarni topdi, bu nafaqat raqobatbardosh ustunlikka erishish, balki Farg‘ona vodiysi ekotizimini saqlab qolish imkonini beradi.
Standartlarga mas’uliyatli yondashuv
Siberian Wellness turli mamlakatlarda intellektual va ishlab chiqarish qiymati markazlarini tashkil etadi, ular birinchi navbatda kompaniyaning Sayyora tabiatiga ta’sirini minimallashtirish siyosatiga teng javob beradi. Jamoa O‘zbekistonda ham xuddi shunday yondashuvdan foydalanadi: NamAgro Tech tabiiy resurslarni tejashga qaratilgan, mutaxassislar ekologik xavfsizlikni diqqat bilan kuzatib boradilar.
Ta’kidlash kerakki, Siberian Wellness mahsulotlari sifati bir qator sertifikatlar bilan kafolatlanadi. Masalan,
- ISO 14001;
- Halol;
- GLOBAL G. A. P.
Kompaniya joriy yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standart sertifikati FSSC 22000 (Food Safety System Certification 22000)ga ham loyiq ko‘rildi. Mazkur sertifikat talablari ISO 22000 standartiga asoslanadi va quyidagi qo‘shimcha talablarni o‘z ichiga oladi:
- Soxta mahsulotlarga qarshi kurashish;
- Samarali va xavfsiz ish muhitini yaratish;
- Sog‘liq uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ingrediyentlarni istisno qilish;
- Oziq-ovqat xavfsizligi: zararlanish va ifloslanishga qarshi choralar, zararli hujumlardan himoya, soxtalashtirishga va oziq-ovqat firibgarligiga qarshi kurash;
- Xavflarni boshqarish.
Kompaniyaning pektin ishlab chiqarish bo‘yicha ham katta rejalari bor, yaqin kelajakda Namangandagi ishlab chiqarish majmuasida ham mazkur mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Qolaversa, Siberian Wellness sog‘liqni saqlash va yoshlikni uzaytirish sohasidagi yangiliklarni taqdim etishda davom etish niyatida. Ya’ni kompaniyadan kelgusida yanada keng ko‘lamli ekologik tashabbuslardan tashqari, sifatli mahsulotlarning yirik tanlovi ham kutiladi. Shunday ekan, Siberian Wellness’ni kuzatishda davom eting.
Telefon: (+998) 78−113−87−67
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: https://www.facebook.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqi asosida