Xalqaro koalitsiya ISHIDning uchta lagerini yo‘q qildi

Olam

image

AQSH yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroq hukumati ko‘magi bilan ISHIDning uchta boshpanasini yo‘q qildi. Ushbu harbiy operatsiya havo hujumi natijasida amalga oshirildi.

"Iroq hukumati bilan kelishuvga binoan koalitsiya samolyotlari 19 iyun kuni Iroqning Vadi ash-Shay shahridagi ISHIDning uchta lagerini yo‘q qildi", deyiladi bayonotda.

Koalitsiyaga ko‘ra, Vadi ash-Shay – ISHID jangarilarining boshpanasi bilan tanilgan Kerkuk viloyatidagi qishloq. Iroq xavfsizlik kuchlari va Suriya Demokratik Kuchlari 2019 yil mart oyida ISHID mustahkam o‘rnashib olgan tumanni vayron qilgach, terrorchilar qishloq joylardagi boshpanalardan foydalanishni boshladi.

"Iroq xavfsizlik kuchlari ISHIDga nisbatan taktik ustunlikka ega. Havo hujumlari terrorchilarning nishonlarini standart transport vositalariga kirish qiyin bo‘lgan joylarda yo‘q qilishga yordam beradi”, dedi koalitsiya vakili, polkovnik Maylz Keggins.


Maqola muallifi

Teglar

IShID

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing