Xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilar Toshkentga olib kelindi

Jamiyat

image

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolari xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish maqsadida birgalikda harakatlar olib bordi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi. 

Ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar inobatga olingan holda axborot almashinuvi va birgalikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro qidiruvdagi jinoyatchilarning izi Birlashgan Arab Amirliklari hududidan topildi va ular qo‘lga olingan.

Birlashgan Arab Amirliklari vakolatli organlarining qaroriga ko‘ra, qidiruvda bo‘lgan ushbu 2 nafar shaxs Toshkent shahrida sudga tortiladi va munosib jazo beriladi. Hozirda ular O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi choyxonada 25 yoshli yigitni o‘ldirib ketgan shaxs qariyb 3 oydan so‘ng qo‘lga olindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qidiruv BAA Abu-Dabi jinoyatchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing