Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQSHda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
12 avgust 2022
21092O‘zbekistonda o‘ta yirik hajmda o‘g‘irlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro AQSHda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Interpol MMB Amerika Qo‘shma Shtatlari vakolatli organlari xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik hajmdagi o‘g‘irlikni sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini ushlagan.
Shunday qilib, Amerika tomoni, O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari va AQSHning vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxsni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jinoyatchi AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari hamkorligida Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga olib kelingan va O‘zbekiston Interpol xodimlariga topshirilgan.
LiveBarchasi