Xalqaro qidiruvdagi 19 o‘zbekistonlik Koreyaga qochgan – NPA
3-sahifa
−
15:34 1181 2 daqiqa
Jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 100 dan ortiq chet el fuqarosi Janubiy Koreyada yashirinayotgani taxmin qilinmoqda. Ulardan 19 nafari o‘zbekistonlik. Bu haqda “The Korean Times” xabar berdi.
Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi (NPA) tomonidan bugun, 8 sentyabr kuni deputat Kim Jun Xvan ofisiga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 12 avgust holati bo‘yicha o‘z mamlakatlarida yoki boshqa davlatlarda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar chet el fuqarosi Koreyaga qochib o‘tgan.
Fuqaroligi bo‘yicha eng katta ulush Xitoyga to‘g‘ri keladi – Interpol so‘rovlarining 40 tasi yoki 36 foizi, undan keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston (19 ta so‘rov), Mo‘g‘uliston (17 ta) va Vetnam (13 ta) egallaydi. Qolgan holatlarning aksariyati yaqin Osiyo mamlakatlariga, jumladan Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tailand va Yaponiyaga to‘g‘ri keladi.
Huquqbuzarlik turlari bo‘yicha eng ko‘p uchraydigani firibgarlik bo‘lib, 47 ta holatni tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinda bolalar va yoshlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzish, odam o‘g‘irlash, ozodlikdan noqonuniy mahrum qilish va fohishabozlikni o‘z ichiga olgan “boshqa” kategoriya – 29 ta holat. Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 7 ta holatni tashkil etgan bo‘lsa, o‘g‘rilik, yo‘l harakati qoidalarini buzish, tan jarohati yetkazish va tan jarohati yetkazishga urinishning har biri 5 tadan holatni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi