Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
3-sahifa
−
24 Oktabr 2023
17613Rossiyaning Ijevsk shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Udmurtiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari qurilish ob’ektida ishlayotgan 36 yoshli o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2023 yil oktyabr oyida Buxoro viloyati IIB tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan. Gumonlanuvchi tergovdan qochib, Rossiyaga yo‘l olgan.
"U Udmurtiyaga 2023 yil avgust oyida kelgan va migratsiya bo‘limlariga vaqtinchalik propiska yoki patent so‘rab murojaat qilmagan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan “xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirish” moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Hozirda uni ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
LiveBarchasi