Xalqaro epidemiyaga tayyorlanish kuni belgilandi
Olam
−
08 dekabr 2020
7702Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 27 dekabrni Xalqaro epidemiyaga tayyorlanish kuni deb e’lon qildi.
193 ta a’zodan iborat Bosh Assambleya "har qanday epidemiyaga iloji boricha erta va yetarlicha javob qaytarish uchun tayyorgarlik darajasini oshirish" zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjatda ushbu masala bo‘yicha xalqaro hamkorlik va ko‘p qirralilik muhimligi ta’kidlangan.
"Pandemiya bizni tayyor emasligimizni ko‘rsatdi, ammo bundan keyin tayyorgarlikni kuchaytirishimiz uchun uyg‘otuvchi signal vazifasini o‘tadi", degan BMTning Vetnamdagi elchisi Dang Nid Kui.
Uning fikriga ko‘ra, Butunjahon epidemiologik tayyorgarlik kunining tashkil etilishi ushbu maqsadga erishishning eng yaxshi usuli bo‘ladi.
"Bosh Assambleyada allaqachon Butunjahon shaxmat, yoga va hatto, hojatxona kunlari belgilangan. Epidemiya ham o‘z kuniga ega bo‘lishi menimcha, to‘g‘ri bo‘ladi", degan Xalqaro inqiroz guruhining direktori Richard Gouen.