Xalq ta’limi vaziri ota-onalarga murojaat qildi

Jamiyat

image

Ma’lumki, joriy yilning 16 martidan koronavirus xavfi sabab O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassalarida ta’til e’lon qilindi. 

Ta’til e’lon qilingani bilan bolalar ko‘chalarda qarovsiz qoldirilmoqda. Uylar atrofida doimgidek o‘ynashda davom etmoqda. Bu nazoratga olinishi kerak emasmi? AOKAda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiylari ishtirokida o‘tayotgan onlayn-matbuot anjumanida ushbu savol bilan murojaat qilindi. 

“Odatda ta’til berilganda, bayram qilamiz, toqqa chiqamiz, qarindoshlarinikiga boramiz, tug‘ilgan kun, Navro‘z qilamiz degan rejalar chiqadi. Iltimos qilamiz, biz bolalarimizni asrashimiz kerak. Butun dunyoda ijtimoiy o‘zaro uzoqlik degan fikr ilgari surilmoqda. Ya’ni bolalarimiz ham, odamlar ham imkon boricha bir-biridan uzoq bo‘lgani yaxshi. Maktabdan, ko‘pchilik joylashgan joydan ketdi deb ko‘chada o‘ynab, bir-biriga yuqtiradigan sharoit yaratib bermasligimiz kerak. Bu, albatta, ota-onalarning mas’uliyati. Ulardan bunga bee’tibor bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz. Bu har bir oila uchun muhim masala. Oldimizda turgan qiyinchilik davrida hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz kerak. Shundagina davlat o‘laroq bu kelgan ofatdan himoyalanib, yuzimiz yorug‘ chiqishimiz mumkin”, deydi Shermatov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ayni vaqtda bemorlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov Koronavirus

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing