Xakerlar Rossiyaning Toshkentdagi konsulligi saytiga hujum qildi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
5767Rossiya Federatsiyasining o‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi saytiga xakerlar hujum qilgan. Bu haqda Rossiyaning Toshkentdagi konsullik bo‘limi mudiri I.Fetisov ma’lum qilgan.
Xabar qilinishicha, jinoyatchilar elektron navbat tizimiga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Buning natijasida istalgan fuqaro konsullik bo‘limida qabul vaqtini bron qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak edi.
Xakerlarni navbatdan tezlashtirilgan holatda o‘tkazib berish bilan shug‘ullanadigan vositachilar yollagan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda muammo rossiyalik texnik mutaxassislar yordamida hal etildi. Sayt odatdagi rejimda ishlamoqda.
LiveBarchasi