Xakerlar fikricha vaksina bor – JSST serverlariga hujum boshlandi
Texnologiya
−
24 mart 2020
12986Pandemiya eng avj olgan mahalda xakerlar uchun bank hisob-raqamlari yoki yirik tijorat korxonalarining maxfiy ma’lumotlari emas, balki JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) serverlarida nima joylashgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiziq tuyulmoqda.
“Reuters” agentligining xabar berishicha, kiberxavfsizlik tashkiloti mutaxassislari noma’lum xakerlarning hujumini qayd etdi. Jinoyatchilar JSSTning ichki elektron pochta tizimiga o‘xshash zararli saytni ishga tushirdi. Ammo serverni buzish muvaffaqiyatsiz tugadi. Shundan so‘ng, JSSTning kompyuter va kompaniyalariga qilingan kiberhujumlar ikki baravar ko‘paydi.
Hujumning ortida kim turgani va xakerlarning maqsadi nima ekani noma’lum. Bitta versiyaga ko‘ra, xuddi ana shunday zararli sayt DarkHotel guruhi tomonidan yaratilgan. Ammo Kaspersky’ning global tadqiqotlar va tahlillar bo‘limi boshlig‘i Kostin Rayu ushbu taxminni tasdiqlay olmadi.
"Bunday paytlarda koronavirusga taalluqli dori-darmonlar, testlar yoki vaksinalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumot infeksiyadan zarar ko‘rayotgan mamlakatdagi har qanday razvedka tashkiloti uchun bebaho va ustuvordir", dedi u.
Rayuning hamkasbi, Nyu-Yorkning Blackstone yuridik jamoasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassisi Aleksandr Urbelisning fikricha, xakerlar vaksinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga bo‘lgan global talabdan foydalanishga harakat qilmoqda. U har kuni koronavirus haqidagi minglab veb-saytlarini kuzatadi, ularning aksariyati zararli.
“Bunday saytlar har kuni ikki minglab paydo bo‘lmoqda. Men hech qachon bunday holatni ko‘rmaganman”, dedi u.
LiveBarchasi