Habib Konor bilan uchrashsa, urishib ketishini aytdi
Sport
−
30 avgust 2019
7924Rossiyalik MMAchi Xabib Nurmuhamedovning fikricha, Konor MakGregor bilan qarama-qarshilik hali yakunlanmagan.
"Oktyabr oyida bu tugamagandi. Kimnidir shunchaki do‘pposlash yetmaydi. Men nafaqat Konorni, balki uning butun boshli jamoasini urish haqida gapirganman. Men jang oldidan yigitlarga aynan shuni aytgandim. Men jangga emas, urushga ketayotganimizni aytgandim.
Bu hech qachon tugamaydi. Xech qachon! Agar biz MakGregor bilan uchrashsak, 100 foiz urishib ketamiz. Ikkimizdan kimdir qamoqxonaga ketishi muhim emas. Men xech narsadan qo‘rqmayman. U va uning jamoasi shifoxonaga boradi, biz esa politsiyaga", dedi Nurmagomedov.