Xabi Alonso faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Sport
−
05 may 2023 3864 1 daqiqa
Hozirda “Bayer” jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan sobiq ispaniyalik futbol yulduzi Xabi Alonso keyingi mavsumdan Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Mutaxassisga Londonning “Tottenxem” jamoasi qiziqish bildirgan. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xabi Alonso “shporlar” murabbiyligi uchun asosiy nomzod hisoblanadi, chunki murabbiyning Leverkuzendagi ajoyib mavsumi londonliklar rahbariyatining e’tiborini tortgan.
“Liverpul” va “Real” sobiq yarim himoyachisi 2022 yilning 5 oktyabrida Bundesliga jamoasi murabbiyligiga kelgandi. O‘shanda jamoa chempionatda 17-o‘rinni band etgandi. Hozirda esa “Bayer” Bundesligada 6-o‘rinda ketmoqda.
Live
Barchasi