Alonso Mbappeni “Chelsi”ga olib bormoqchi
Sport
−
20 may 1409 1 daqiqa
“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappeni London klubiga olib o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Football365” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi allaqachon Mbappening onasi va ayni paytda agenti hisoblangan Fayza Lamari bilan aloqa o‘rnatgan. “Aristokratlar”ning yangi murabbiyi futbolchi bilan “Stemford Bridj”da qayta birlashishga harakat qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Alonso “Real Madrid”dagi faoliyati davomida Mbappe bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Mbappening jamoa murabbiylar shtabi a’zolaridan biri bilan mojaroga kirishgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, voqea joriy yilning 24 aprel kuni “Betis”ga qarshi o‘yin (1:1) oldidan sodir bo‘lgan. Mashg‘ulot paytida ofsaydda ayblangan Mbappe xodimga nisbatan “g‘azab va haqorat” bilan javob qaytargani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe “Real”dan Vinisius Juniorni sotishni talab qilayotgani haqida ham xabar berilgandi. Jurnalist Fransua Gallardoning ta’kidlashicha, Fayza Lamari allaqachon “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga shunday iltimos bilan murojaat qilgan. Agar Vinisius “Real Madrid”da qolsa, Mbappe klubni tark etishi mumkin.

Live
Barchasi