Keyt Middlton saratonga chalindi
Olam
−
23 mart
7045Uels malikasi Keyt Middlton saraton kasalligiga chalindi. Bu haqda Kensington saroyi ma’lum qildi.
Malikada ushbu kasallik 2024 yil yanvar oyida qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng o‘tkazilgan testlar davomida aniqlangan. Saratonning turi oshkor etilmagan.
Ma’lum qilinishicha, malika hozirda profilaktik kimyoterapiyaning dastlabki bosqichlaridan o‘tmoqda.
"Uilyam va men yosh oilamiz uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Siz tasavvur qilganingizdek, bu vaqt talab qiladi. Menga katta operatsiyadan keyin tiklanish va onkologik davolanishni boshlash uchun vaqt kerak edi. Men farzandlarimga sog‘lom ekanimni va kundan-kunga kuchayib borayotganimni aytdim. Menga nima yordam berishiga e’tibor qaratdim, aqlim, tanam va ruhimni sog‘aytiraman", deydi 42 yoshli malika.
Yanvar oyida qorin bo‘shlig‘ida operatsiya qilinganidan beri Keyt omma oldida ko‘rinmadi, bu esa ko‘plab mish-mishlarini keltirib chiqardi.
10 mart kuni u eri va bolalari bilan tushgan suratini tarqatdi, biroq fotoagentliklar raqamli manipulyatsiya belgilarini topgach, tez orada uni qaytarib olishdi. Ertasi kuni malika suratni tahrir qilishga uringanini ma’lum qildi va tushunmovchilik uchun uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya valiahd shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II vafoti va buning natijasida yangi unvonlarni qo‘lga kiritgandan so‘ng milliarderga aylandi.
LiveBarchasi