Keynning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

“Manchester Siti”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinida jarohat olgan 25 yoshli hujumchining jarohatidan qayta tiklanishi uchun kamida 3 oy vaqt kerakligi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Keyn “Tottenxem” qolgan uchrashuvlaridan tashqari, Angliya termasi tarkibida Millatlar ligasi finalini ham o‘tkazib yuboradi.

Xarri Keyn “Tottenxem” tarkibida joriy mavsum APLning 28ta o‘yinida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 4ta golli pas uzatdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” hamda “Tottenxem” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Xarri Keyn

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing