Keyn uchun Germaniyadan da’vogar paydo bo‘ldi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi futbolchi transferi bo‘yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Hozirda “Bavariya” mutasaddilari Keyn bilan aloqada ekani aytilmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Keyn London klubi safida  38 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliyalik futbolchining “shporlar” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, Keynga qiziqish bildirayotgan “Manchester Yunayted” uni sotib olish fikridan voz kechdi. “Qizil iblislar” 29 yoshli hujumchini “shporlar” xo‘jayini Daniel Levi “mankunianliklar”ga sotishdan bosh tortgani uchun uni qo‘lga kiritish bo‘yicha rasmiy taklif kiritmaslikka qaror qilgan. Qayd etilishicha, klublar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing