Keyn faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Tottenhem” klubi hujumchisi Harri Keyn yozgi transfer oynasida PSJga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Culture PSG ” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJning futbol maslahatchisi Luish Kampush Keynning transferini klub uchun ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.

Ushbu bitimni amalga oshirishdagi asosiy to‘siqlardan biri o‘yinchining narxi bo‘lib turibdi. Londonliklar Keyn transferi uchun 100 million yevro talab qilishlari kutilmoqda.

Joriy mavsumda APLning 31 o‘yinida Keyn 23 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenhem Harri Keyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing