Keyingi yil yanada og‘ir bo‘ladi – Prezident maslahatchisi
Jamiyat
−
25 dekabr 2019
15749Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi yakuniga yetdi. QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, yiyig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov so‘z olib, sohada korrupsiyaga qarshi kurash davom etishini qayd etgan.
“Komissiya qattiq ishlagan. Hammasi Prezidentimizning irodasi bilan bo‘lmoqda. Keyingi yil yanada og‘ir bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi yanada qattiq va intensiv kurashamiz. Boshqa vazirlik va qo‘mitalarga nisbatan ham shunday tizimli tekshirishlar davom etadi”, degan Prezident maslahatchisi.
Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasidagi tamagirlik va suiiste’molchilik, tizimning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaning keng ildiz otgani muhokama qilindi.
Yig‘ilish tafsilotlarini QALAMPIR.UZ’da kuzatib boring.
LiveBarchasi