Keyingi masala Eron – Tramp
Olam
−
08 mart 6450 2 daqiqa
Eronning yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyat kelajakda dunyo siyosatidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron bilan munosabatlar qanday kechishi haligacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
“Keyingi masala Eron haqida bo‘ladi. Eron bilan nima bo‘lishini ko‘ramiz. Oldinda qiziqarli kunlar kutmoqda. Bu haqida sizlarga aytadigan yagona narsa shu”, degan AQSH rahbari.
Shuningdek, u Eron masalasida “oxirgi bosqichlar”ga kelingani, ya’ni vaziyatning juda muhim nuqtaga yetganini aytib o‘tgan.
“Biz Eron bilan bog‘liq so‘nggi choralarga keldik. Bu qiziqarli vaqt bo‘ladi. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi. Biz oxirgi nuqtaga yetdik. Ular yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak”, degan Tramp.
Tramp, shuningdek, tez orada biror narsa yuz berishini kutayotganini, lekin u tinch kelishuvga umid qilayotganini ham aytib o‘tgan.
“Umid qilamanki, biz tinch kelishuvga erishamiz. Men tinch kelishuvni afzal ko‘raman, boshqa variantni emas. Ammo agar tinch kelishuv bo‘lmasa, boshqa variant bu masalani hal qiladi”, degan Oq uy rahbari.
Ma’lumot uchun, AQSH va Eron o‘rtasidagi munosabatlar 1979 yilgi inqilobdan beri keskinligicha qolmoqda. O‘tgan yili Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Milliy talabalar kuni munosabati bilan Tehrondagi qarorgohida talabalar bilan uchrashuvda 1979 yil 4 noyabrda Tehronda yuz bergan voqealarni eslab, o‘sha paytda AQSH elchixonasidan “josuslar uyasi” sifatida foydalanilganini aytgandi. O‘tgan oyda ham u HAMAS yetakchilik kengashi raisi Muhammad Ismoil Darvish bilan uchrashuvda HAMAS sionistik rejimni yengish orqali aslida Amerikani mag‘lub etgani va ularning hech biri maqsadiga erishmaganini alohida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga mamlakat yadroviy dasturini muhokama qilish uchun maktub yo‘llaganini aytgandi.